UYeFA Ijroqo‘mining Dublindagi majlisi 2021 yildan boshlab uchinchi yevrokubok musobaqasi tashkil etilishini rasman tasdiqladi.
Yangi musobaqa Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasi musobaqalari bilan bir xil formatda bo‘ladi: jami 32 jamoa 4tadan 8ta guruhga bo‘lingan holda kurash boshlaydi va nimchorak finaldan boshlab pley-off bahslariga kirishadi. 1/8 finaldan oldin qo‘shimcha pley-off raundi bo‘lib o‘tadi, unda guruhda 2-o‘rinni olgan jamoalar va Yevropa Ligasida o‘z guruhida 3-pog‘onani band etgan klublar ro‘baro keladi.
Yangi musobaqa jami 141ta o‘yinni qamrab oladi (umumiy 15 kun), bu – hozirgi Yevropa Ligasidagi uchrashuvlar soniga teng.
Taqvimda o‘zgarishlar ko‘p bo‘lmaydi. Xususan, YeChL o‘yinlari hozirgidek seshanba-chorshanba kunlari o‘tkazilsa, Yevropa Ligasi va yangi musobaqa uchrashuvlari payshanba kunlari tashkil etiladi.
Uchinchi yevrokubok g‘olibi Yevropa Ligasining keyingi mavsumiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Ma’lum qilinishicha, uchala musobaqaning final bahslari bir haftaga belgilanadi. Mavsum oxiridagi haftalardan birida chorshanba kuni yangi turnir, payshanbada Yevropa Ligasi finali va shanbada Chempionlar ligasining hal qiluvchi o‘yini bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi