11:52 / 03.12.2018
2 985

«PSJ»ning ligadagi 14 o‘yinlik g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘yildi

«PSJ»ning ligadagi 14 o‘yinlik g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘yildi
Fransiya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan bahsda «Bordo» o‘z maydonida «PSJ»ni qabul qildi. «Stad de Bordo»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda jamoalar murosa yo‘lini tanlashdi.

34-daqiqada Neymar Dani Alvesning uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Jimmi Brian hisobni tenglashtirdi.

66-daqiqada raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Kilian Mbappe parijliklarning ikkinchi golini urdi. Biroq mezbonlar 82-daqiqada Andreas Korneliusning golidan so‘ng muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.

Shu tariqa, «PSJ» klubining mavsum boshidan buyon davom etib kelayotgan 14 o‘yinlik g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘yildi.

Ushbu uchrashuvda kiritilgan gollarni UFF.uz Media kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Liga 1, 15-tur

Bordo – PSJ 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar:
0:1 – 34 Neymar, 1:1 – 53 Brian, 1:2 – 66 Mbappe, 2:2 – 84 Kornelius.

Bordo – Kostil, Kunde, Sabali, Palensiya (Pundje, 73), Pablo, Sankare, Otavio, Karamo (Kornelius, 78), Plashil (Kalu, 69), Kamano, Brian.

PSJ – Areolya, Kerer, Tiago Silva, Bernat, Markinos, Draksler, Nsoki, Di Mariya (Nkunku, 82), Dani Alves (Verratti, 67), Neymar (Shupo-Moting, 57), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Kerer (32), Palensiya (63), Verratti (77).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «PSJ»ning ligadagi 14 o‘yinlik g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘yildi