16:36 / 03.12.2018
2 324

Kante & Jorjino: Sarrining «chaqilmagan jumbog‘i»

Kante & Jorjino: Sarrining «chaqilmagan jumbog‘i»
Italiyalik murabbiyning «Stemford Brij»ga kelishi fransiyalik tayanch yarim himoyachisini o‘zi uchun noodatiy joyga o‘tishi bilan yakunlandi. Bu esa klub muxlislarining ko‘plab tanqidlariga sabab bo‘lmoqda.

Tanqidlar esa «Chelsi»ning «Tottenxem»dan uchralgan qaqshatgich mag‘lubiyati ortidan tinmayapti.

Muxlislarga ko‘ra, Ngolo Kante o‘z pozitsiyasida emas, Jorjino ishdan chiqdi, Maurisio Sarri vaziyatni qutqarib qolish uchun «B reja»ga muhtoj.

«Sarriboll» tarixan ancha prgamatik o‘yin namoyish qilib kelgan «Chelsi» uchun yangi o‘yin falsafasiga aylandi. Ammo yangicha yondashuv mavsum boshidan beri 18 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyadan keyin «ishdan chiqdi».

Sarrining himoyasi Premer Liga g‘olibligi uchun kurashda «Manchester Siti» yoki «Liverpul»chalik emasligini ko‘zga tashlana boshladi.

«Uembli»dagi 3-1 hisobidagi mag‘lubiyat bir necha futbolchining o‘z saviyasida o‘ynay olmasligi ortidan sodir bo‘ldi, ayniqsa so‘nggi haftalarda himoyaviy jihatdan klub yuqori sport formasini namoyish qila olmadi.

«Taqachilar»ga qarshi o‘yinda Sarri hujumdan tortib himoyachilargacha bo‘lgan shogirdlarining himoyalanishidan mutlaqo noroziligini bildirdi. Har bir futbolchi juda qattiq bosim ostida himoya, yarim himoya va hujum chiziqlarini bir-biri bilan bog‘lashning uddasidan chiqa olmadi.

Natijada, Sarri ushbu haftada har bir shogirdi bilan yuzma-yuz uchrashdi va ularda «qat’iyatlikning yo‘qligi» bilan izohladi.

Hukm qat’iy, shikoyatga o‘rin yo‘q: Sarri shogirdlaridan o‘z uslubiga moslashishni kutyapti. Uning «Napoli»dagi faoliyatidan bilamizki, Sarri o‘z taktik rejalaridan voz kechmaydi.

Bu degani, u Kantedan hujumkor yarim himoyachi rolida foydalanishda davom etadi. Garchi u tayanch yarim himoyasida «daho» bo‘lsada, murabbiy qat’iy rejasidan mutlaqo voz kechmaydi.

«O‘ylashimcha, siz markaziy yarim himoyada o‘ta texnikali futbolchilar – Jorjino yoki Fabregas kabilarni o‘ynatishimni istaysiz. Men Kanteni bu pozitsiyada ko‘rishni istamayman. Kante «Tottenxem»ga qarshi bahsda o‘yinning dastlabki 15 daqiqasidan keyin o‘yin taqdirini hal qilishni istadi. Ammo noto‘g‘ri yo‘l bilan. U o‘z pozitsiyasni yo‘qotib qo‘ydi» – dedi Sarri chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

«U raqib jarima maydonchasiga ko‘p hujum qildi. O‘ylashimcha, bu Kantening eng yaxshi xususiyatlari emas, ammo bu qiyinchiliklarning boshlanishi, xolos. Balki bu vaqt masalasidir. Ammo Kante to‘p raqib jarima maydonchasida bo‘lganida Jorjinoga yaqinroq joyda qoladi. Agarda to‘p chap qanotda bo‘lsa u Jorjinoga yanada yaqinroq joyda bo‘lishi shart.» – deya qo‘shimcha qilgan.

Kanteni tanqid qiluvchilar ko‘payganining yana bir sababi u klub bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi va unga ko‘ra jahon chempioni haftasiga 290 ming maosh ishlab topadi va «Chelsi»ning eng ko‘p maosh oluvchisiga aylandi.

Ammo u va yozda 57 million yevroga kelib qo‘shilgan Jorjino raqiblarni yanchib tashlashi kutilgandi, yelkama-yelka muammolarga uchrashlarini emas.

Jorjinodan ko‘ra ko‘proq Kante yangicha uslubga moslashishga muhtoj. Braziliyada tavallud topgan italiyalik futbolchi Sarri o‘yin tizimining fundamental negizi hisoblanadi. U bunday sxemada 2015-yilda Sarri «Napoli» boshqaruvini qo‘liga olganidan beri o‘ynab kelmoqda.

Kante o‘zini o‘zgartirishi kerak. «Lester»ning sobiq vakili yangi mavsumda har 90 daqiqada raqib darvozasi tomon zarba yo‘llamoqda.

Uning himoyadagi ko‘rsatkichlari esa tobora tushib bormoqda. Raqibdan to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha 3.39 lik statistikasida ayni vaqtda 1.85 gacha tushib ketgan.

Xullas, Kantening vazifasi yangi pozitsiyaga moslashish bo‘lsa, Jorjinoniki yangi chempionatga moslashish bo‘lib qolmoqda.

Barcha Sarridan yarim himoyachilarini o‘yinni qurish vazifalarini o‘zgartirish bo‘lmoqda. Ammo Sarrini «Napoli»dagi faoliyatidan beri kuzatadiganlar bo‘lsa, u hech qachon «B reja»ga o‘tmasligini biladi. Undan ko‘ra «A reja»ni yanada yaxshiroq qilish yo‘llarini o‘ylab topadigan murabbiy.
Erkinjon G‘aybullayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kante & Jorjino: Sarrining «chaqilmagan jumbog‘i»