17:42 / 03.12.2018
3 652

«So‘g‘diyona» Toshkentda «Mash’al»ni mag‘lub etdi va Superligada qoldi

«So‘g‘diyona» Toshkentda «Mash’al»ni mag‘lub etdi va Superligada qoldi
Superliga keyingi mavsumiga yo‘llanma uchun pley-off o‘yinlari doirasida kechgan «So‘g‘diyona» – «Mash’al» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda jizzaxliklar g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

«So‘g‘diyona» safida Shoxruz Norxonov, Darvidas Sernas va Oybek Nurmatovlar gol urishdi. Muborakliklarning yagona javob to‘pini penaltini aniq bajargan Sardor Raxmonov muallif bo‘ldi.

Shu tariqa, «So‘g‘diyona» Superligadan tushib ketmaydigan bo‘ldi va keyingi mavsumda ham oliy divizionda o‘z faoliyatini davom ettiradi. «Mash’al» esa keyingi mavsum ham Pro ligada o‘ynaydi.

Pley-offning ikkinchi o‘yini ertaga bo‘lib o‘tadi, unda «AGMK» va «Istiqlol» jamoalari yana bir yo‘llanma uchun kurash olib boradilar.

Superliga, pley-off

«So‘g‘diyona» – «Mash’al» 3:1 (1:0, 2:1)

Gollar:
1:0 – 37 Norxonov, 2:0 – 48 Sernas, 3:0 – 72 Nurmatov, 3:1 – 78, penalti Raxmonov.

«So‘g‘diyona»: 5.Rahimjon Davronov, 3.Sardor Rahmonov, 4. Asil Begimkulov, 6.Sardor Abduraimov, 9. Abdulloh Olimov, 10. Humoyun Murtazoyev, 17. Jamoliddin Ubaydullayev, 18. Abbos Shodmonov (2. Zafar Akramov, 55), 20. Husniddin Aliqulov, 70. Akrom Bahriddinov (14. Vohid Shodiyev, 74), 80. Sirojiddin Qo‘ziyev.

«Mash’al»: 88.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 4. Elyor Orifov (28. Shahboz Jo‘rabekov, 23), 10. Shoxruz Norxonov, 33. Tohirjon Shamsiddinov, 70. Sanjar Rashidov, 80. Sernas Darvidas (39.Oybek Nurmatov, 61), 90. Milash Simonovich, 91. Nikola Milinkovich, 93. Ixtiyor Toshpo‘latov (77. Izzatilla Abdullayev, 70), 94. Nuriddin Hasanov.

Ogohlantirishlar: Bahriddinov 66, Shodiyev 75, Qulmatov 78, Milinkovich 87.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «So‘g‘diyona» Toshkentda «Mash’al»ni mag‘lub etdi va Superligada qoldi