07:57 / 04.12.2018
3 140

Shota Arveladze: O‘zbekiston chempionati islohoti faqat qog‘ozda bo‘ldi (video)

Shota Arveladze: O‘zbekiston chempionati islohoti faqat qog‘ozda bo‘ldi (video)
Bu mavsum arafasida O‘zbekiston chempionati formati jiddiy o‘zgarishlarga uchradi. Superliga nomini olgan Oliy Ligada ishtirok etuvchi jamoalar soni 16tadan 12taga qisqartirildi. Bundan maqsad klublar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirish edi.

«Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze esa aytilgan gaplarning ko‘pi qog‘ozda qolib ketdi, deb hisoblaydi.

Kun.uz saytiga intervyu bergan gruziyalik murabbiyning aytishicha, chempionat mavqeini ko‘tarish uchun klublar ma’lum bir standartlarga javob berishi kerak. Bu birinchi navbatda futbol maydonlarining sifatiga taalluqli.

«Biz formatni tuzdik, qog‘ozda juda ko‘p narsalarni amalga oshirdik, ammo afsuski, amalda juda kam narsa qilindi. Ko‘plab ijobiy narsalar aytildi, ammo haqiqatda barchasini bajara olmadik. Agarda standartlarga rioya qilmasak, futbol hech qachon rivojlanmaydi», – deydi Arveladze. U futbol maydonlarining sifati yaxshilanmas ekan, bunday maydonlarda o‘ynash juda qiyin bo‘lishini ta’kidlab o‘tgan.

«Nima uchun Angliya, Germaniya va Ispaniyada standartlar mavjud? Hattoki to‘rtinchi ligada ham. Biz esa eng yuqori ligada ana shu standartlarga erisha olmayapmiz. Yoki hammasi juda sekin bormoqda. O‘zgarishlar qog‘ozdagina bo‘ldi, hayotda esa kutilgan natijaga erisha olmadik», – deydi «sherlar» murabbiyi.

Arveladze standartlarga mos bo‘lish uchun barcha klublar xususiy bo‘lishi kerak degan fikrda. Uning ishonch bildirishicha, ana shundagina qiziqish paydo bo‘ladi.

«Paxtakor» klubi bosh murabbiyining bu va boshqa fikr-mulohazalari bilan quyidagi intervyuda to‘liq tanishish mumkin: VIDEO
[media=https://www.youtube.com/embed/41VI8R391JU]
Arveladze intervyu davomida uni «Paxtakor»ga kimlar taklif etgani, Turkiyaning «Qosimposho» klubidan nima uchun ketgani, Yevropa futbolining ustun jihatlari va O‘zbekiston futbolidagi muammolar haqida ham so‘zlab bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: O‘zbekiston chempionati islohoti faqat qog‘ozda bo‘ldi (video)