10:40 / 04.12.2018
3 270

Grizmann: «Oltin to‘p»ni olish uchun bundan ortiq yana nima qilish kerakligini bilmayman»

Grizmann: «Oltin to‘p»ni olish uchun bundan ortiq yana nima qilish kerakligini bilmayman»
Fransiya terma jamoasi va «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann 2018 yil yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kirita olmaganidan afsusda emasligini bildirdi.

«Xafa emasman. Podiumga ko‘tarilganim va jahon chempioni bo‘lganimdan juda ham faxrlanaman. Kelgusida Modrichning o‘rnida klubdagi yoki terma jamoadagi sheriklarimdan biri bo‘lsa kerak.

2018 yilda Yevropa Ligasi va Jahon chempionatida g‘olib chiqdim, yana nima qilishim kerak edi, deysizmi? Buni bilmayman», - deb aytgan Grizmanndan iqtibos keltirdi Goal.com.

Eslatib o‘tamiz, Antun France Football so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va g‘olib Luka Modrichdan keyingi uchinchi o‘rinda qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Grizmann: «Oltin to‘p»ni olish uchun bundan ortiq yana nima qilish kerakligini bilmayman»