14:53 / 04.12.2018
3 867

Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi

Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasida ishtirok etadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz mazkur musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Sentyabr, oktyabr va noyabr oylaridagi FIFA kunlarida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdi.

Dekbar oyida milliy terma jamoamiz Turkiyada yana bir yig‘in o‘tkazadi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi mazkur yig‘indan keyin Osiyo Kubogiga yo‘l oladigan futbolchilar borasida bir to‘xtamga keladi.

Turkiya yig‘ini oldidan Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi. 6 dekabr kuni soat 11:00da O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi anjumanlari zalida Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.

Matbuot anjumani davomida bosh murabbiy jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tadi. Matbuot anjumaniga yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi