16:38 / 04.12.2018
3 824

2019 yil O‘zbekistonda ilk bor velosport bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi

2019 yil O‘zbekistonda ilk bor velosport bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi
O‘zbekistonda 2019 yilning 22-28 aprel kunlari velosiped sportining shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan 3 dekabr kuni Osiyo velosport konfederatsiyasi (ASS) prezidenti Osama Ahmad Abdulla Alshafar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi doirasida chempionatga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Turon24 nashri xabar berdi.

Delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda Osiyo chempionatiga tayyorgarlik darajasi, musobaqa bo‘lib o‘tadigan avtomagistral yo‘llar holati, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni Toshkentda o‘tkazilgan ijroiya qo‘mita yig‘ilishida muhokama qilishdi.

Shuningdek, Osiyo chempionati-2019 direktori Xofer Roland, Xalqaro velosipedchilar ittifoqi vakili (UCI) Farhod Aliyev musobaqalar bo‘lib o‘tadigan Toshkent viloyatiga tashrif buyurib, u yerda avtomagistral yo‘llar holati, mehmonxonalarni ko‘zdan kechirishdi.

Velosport bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazilmoqda. Mazkur chempionatda 2020 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan 32-Yozgi Olimpiya va 16-Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyalar o‘ynaladi. Shu sabab, musobaqada Osiyo qit’asidagi qirqqa yaqin davlatdan 600 ga yaqin velosportchilar litsenziyalarni qo‘lga kiritish uchun bahslar olib borishadi.

Shuningdek, Osiyo chempionati O‘zbekistonda ilk bor Yevrosport (Eurosport) kanalidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 2019 yil O‘zbekistonda ilk bor velosport bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi