22:57 / 04.12.2018
3 663

Arveladze: "O‘zbek futbolchilari jahonning kuchli klublarida o‘ynashni orzu qilishmaydi"

Arveladze: "O‘zbek futbolchilari jahonning kuchli klublarida o‘ynashni orzu qilishmaydi"
O‘zbek futbolchilari jahonning eng kuchli klublarida o‘ynashga harakat qilishmaydi. O‘zbekistonda bir yildan ortiq vaqtdan beri ishlab kelayotgan «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze ana shunday xulosaga kelgan.

Uning aytishicha, O‘zbekistondagi futbolchilarning texnikasi juda yaxshi, ammo ular negadir kuchli klublarda o‘ynash haqida orzu qilishmaydi, Osiyodagi jamoalar bilangina chegaralanib qolishgan.

«Bizning (gruziyalik) futbolchilar dunyoning eng yaxshi jamoalarida o‘ynashga harakat qilishadi, sizlarnikilar esa Xitoy, Koreya, Amirliklar haqida orzu qilishadi. Nega bundayligini bilmayman. Bu noto‘g‘ri», dedi Arveladze Kun.uz’ga bergan intervyusida.

U shu bilan birga o‘zbek futbolidagi ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarni qayd etdi. Uning fikricha, bu ushbu sport turi rivojiga hissa qo‘shayotgan insonlar tufaylidir.

«Gruziyada O‘zbekistondagichalik kabi futbolni sevadigan, o‘ynay oladigan, uni rivojlantirishni istaydigan kishilar yo‘q. Bunday insonlar har joyda ham topilavermaydi. Bunday insonlar borligi sizlarning boyligingiz. Men Gruziyada ham ana shunday kishilar ko‘plab bo‘lishini istardim. Ammo afsuski, unday kishilar bizda yo‘q. Bo‘lsa ham, futbolga hissa qo‘shishmaydi», – dedi «Paxtakor» murabbiyi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arveladze: "O‘zbek futbolchilari jahonning kuchli klublarida o‘ynashni orzu qilishmaydi"