00:02 / 06.12.2018
3 875

O‘zbekiston MTJ. Turkiyaga kengaytirilgan tarkib va yangi nomlar bilan...

O‘zbekiston MTJ. Turkiyaga kengaytirilgan tarkib va yangi nomlar bilan...
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga tayyorgarlikning final bosqichini Turkiyada (15-29 dekabr) bo‘ladigan yig‘inda o‘tkazadi.
Argentinalik mutaxassis mazkur yig‘inga 30 nafar futbolchini kengaytirilgan tarkibga kiritgan. Osiyo Kubogiga boradigan yakuniy 23talik ro‘yxatdan kim o‘rin olishi aynan mazkur yig‘inda hal etiladi. Shuningdek, qolgan 7 futbolchi zaxira (jarohat yoki boshqa fors-major tufayli kimdir safdan chiqib qolishi mumkin) sifatida kengaytirilgan tarkibda turadi.

Xo‘sh, kengaytirilgan tarkibda kimlar bor? Kuper bu yig‘inga yangi nomlarni ham taklif etgan. Masalan, "Paxtakor" yarim himoyachisi Dilshod Rahmatullayevni ham Turkiyaga boradigan yig‘inga jalb etadi. Aftidan Kuper markaziy yarim himoya chizig‘imizdan ko‘ngli to‘lmayapti.

Jarohati tufayli o‘tgan yig‘inlarda to‘liq ishtirok etolmagan himoyachi Sherzod A’zamov ham terma jamoadan chaqiruv olgan.

Kuper kengaytirilgan tarkibga "Lokomotiv"dan 7 nafar futbolchi chaqirgan. Ular ichida Sardor Rashidov ham bor. Eng ko‘p vakil "Paxtakor" jamoasidan chaqirilgan.

Turkiyaga 4 nafar kiper bilan boriladi. Javohir Ilyosov to‘rtinchi darvozabon sifatida terma jamoadan taklif olish arafasida.

Tez orada O‘FA tomonidan Turkiyaga boradigan kengaytirilgan tarkib rasman e’lon qilinishi kerak.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ. Turkiyaga kengaytirilgan tarkib va yangi nomlar bilan...