23:40 / 06.12.2018
3 423

“So‘g‘diyona” Sergey Lushchan bilan shartnomani uzaytirdi

“So‘g‘diyona” Sergey Lushchan bilan shartnomani uzaytirdi
Xabaringiz bor, Sergey Lushchan aprel oyida “So‘g‘diyona”ni qabul qildi. O‘tgan davr mobaynida Sergey Ivanovich boshchiligida jamoada bir qator jabhalarda ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Sergey Ivanovich yoshlarga imkoniyat berib, Shaxboz Jo‘rabekov, Oybek Nurmatov, Saxob Rashidov, Siroj Meliyevlar kabi futbolchilarni kashf etdi.

Ushbu ijobiy jihatlarni inobatga olib “So‘g‘diyona” PFK raxbariyati Sergey Lushchan va uning yordamchilari: Muhiddin Ortiqov (katta murabbiy), Avgustin Chirita (jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy) bilan shartnomalarni uzaytirdi.

Shu o‘rinda, 2019 yilgi mavsumda Sergey Ivanovich va “So‘g‘diyona” jamoasi ijobiy natijalarga erishishida tilakdoshmiz.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “So‘g‘diyona” Sergey Lushchan bilan shartnomani uzaytirdi