13:56 / 07.12.2018
2 722

Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish uchun yangi fond tashkil etish taklif qilindi

Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish uchun yangi fond tashkil etish taklif qilindi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida futbolni rivojlantirish uchun yangi fond tashkil etish haqida petitsiya paydo boʻldi.

“Umid” jamgʻarmasi bir vaqtlar iqtidorli yoshlarni qoʻllab, ularning xorijda tahsil olishi uchun imkoniyat yaratib bergan edi. Shu tajribani futbolda qoʻllashni taklif qilish kerak. Futbol tarbiyalanuvchilari orasidan eng iqtidorlilarini 5-10 yillik shartnoma asosida hozirda mashhur boʻlgan Yevropa futbol akademiyalarida davlat granti asosida tarbiyalash uchun yuborish lozim, deyiladi murojaatda.

Qayd etilishicha, bunda OʻFA tomonidan maxsus fond tuzilib, u orqali moliyalashtirilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Har bir tarbiyalanuvchi OʻFA bilan shartnoma imzolaydi va OʻFA kelajakda tarbiyalanuvchi uchun sarflangan pulni bir necha barobar qilib qaytarib olish imkoniyatiga ega boʻladi.

“Yevropa futbol akademiyalaridan murabbiy olib kelgandan koʻra, tarbiyalanuvchilarni Yevropa “havosi” bilan toʻyintirgan maʼqul. Akademiyada uning raqibi Messi yoki Dembelega oʻxshagan iqtidorlar boʻlishadi. Aytaylik, har yili 10 nafardan oʻsmirni futbol akademiyalariga yuborib, xarajat qilishni boshlasak, 10 yildan soʻng bu ishlar oʻzining mevasini beradi. Agar 100 tarbiyalanuvchidan 5 nafari yuqori natijaga erishsa, bu ham moddiy tomondan oʻzini oqlaydi, ham oʻzbek futboli rivoji uchun muhim qadam boʻladi. Hozirda bizda qisqa muddatli loyihalar bor, yosh futbolchilarimiz 1-2 oy xorijiy akademiyalarda tajriba almashib qaytmoqda. Shu loyihalarni uzoq muddatli qilib, bolalar futbolini qoʻllab-quvvatlasak, kelajakda oʻzining ijobiy natijalarini beradi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish uchun yangi fond tashkil etish taklif qilindi