Rossiyalik taniqli UFC jangchisi Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanapning so‘zlariga ko‘ra o‘g‘lining mashhur bokschi Floyd Meyvezerga qarshi janggi kelgusi yilning bahorida Grozniy shahrida bo‘lib o‘tishi mumkin.
“Floydning o‘zi bizning jamoaga aloqaga chiqdi. Bu nafaqat ikkala sportchi uchun, balkim jiddiy investorlar uchun ham qiziqarli bo‘ladi.
Ushbu jang kelgusi yilning 4 may kuni 30 ming muxlisga mo‘ljallangan Grozniydagi “Axmat-Arena”da o‘tkazilishi mumkin. Xabib bundan avval ham ko‘plab mashhur bokschilar bilan jang qilgan va bu judayam ajoyib ko‘rinadi.
Agar bizni chindan ham UFC’dan 9 oyga janglardan chetlatishsa, u holda biz bor e’tiborimizni boks janglariga qaratamiz.
Biz Makgregor va Meyvezerning janggini tomosha qildik. Ko‘rdikki Konor ham dastlabki 3-4 raund davomida yomon jang qilmadi. Xabib esa bundanda ko‘prog‘iga qodir. Bunga ishonaman. U kamida 7-8 raund bemalol jang qila oladi.
Bundan tashqari Floydning hozir 41 yoshda ekanligi va Xabibning chidamliligini ham unutmaslik lozim ”, - deydi Nurmagomedovning otasi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan