00:54 / 08.12.2018
3 581

Ertaga tongda Sanjar Rahmonov navbatdagi jangini o‘tkazadi

Ertaga tongda Sanjar Rahmonov navbatdagi jangini o‘tkazadi
Mashhur charm qo‘lqop ustasi Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan hamyurtimiz Sanjarbek Rahmonov ertaga 8 dekabr tongida Las-Vegas shahridagi «Sam’s Town Hotel & Gambling Hall» saroyida o‘zining professional boksdagi o‘n uchinchi jangini o‘tkazadi.

Hamyurtimizga shu kuni AQShlik Jonatan Stil raqiblik qiladi.

Sanjarbek Rahmonov faoliyati davomida o‘tgan 12ta jangning 10tasida raqiblarini yer tishlatgan bo‘lsa, bir jangda durrang qayd etgan. U o‘zining so‘nggi janggida mag‘lubiyatga uchragan. Ammo, biz ertangi jangda unga omad tilab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jang ertaga Toshkent vaqti bilan soat 05:30da boshlanadi. Uni Mayweather Promotions promouterlik kompaniyasining feysbukdagi rasmiy saxifasida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ertaga tongda Sanjar Rahmonov navbatdagi jangini o‘tkazadi