18:08 / 09.12.2018
3 842

«Oltin to‘p» — yolg‘on, barcha Messi — dunyodagi eng yaxshi futbolchi ekanini biladi

«Oltin to‘p» — yolg‘on, barcha Messi — dunyodagi eng yaxshi futbolchi ekanini biladi
«Barselona» himoyachisi Jordi Alba o‘z jamoadoshi Lionel Messi bu mavsumda ham «Oltin to‘p»ni olishi kerak bo‘lgani haqida gapirdi.

«Oltin to‘p» — bu yolg‘on, uni ba’zi klublar va jurnalistlar ishtirokidagi kampaniy o‘rab olgan. Aslida dunyodagi eng kuchli futbolchi Messi ekanini hamma biladi.

Pelening Lionelning imkoniyatlari cheklangani haqidagi gapimi? Balki, Pele bunday masalalarni tushunmas. Messining qo‘lidan hamma ish keladi», — deya Albaning so‘zlarini keltirgan Goal.

«Oltin to‘p» bu mavsumda «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrichga nasib etdi. Messi ovoz berish yakunlariga ko‘ra beshinchi bo‘ldi.

Lionel joriy mavsumda Ispaniya chempionatining 13 uchrashuvida maydonga tushdi va 11 gol urib, 8 golga uzatma berdi. Chempionlar ligasida esa argentinalik futbolchi 3 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol urdi va 1 golga uzatma berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Oltin to‘p» — yolg‘on, barcha Messi — dunyodagi eng yaxshi futbolchi ekanini biladi