Professional boksning yengil (-61, 23 kg) toifasida WBA kamari sohibi ukrainalik Vasiliy Lomachenko 9 dekabr kuni Nyu-Yorkdagi "Madison Square Garden" arenasida puertorikolik Xose Pedrasani mag‘lub etib, WBO kamarini ham qo‘lga kiritdi.
12 raund davom etgan jangda Lomachenko to‘liq ustunlik qildi. 11-raundda u raqibini ikki marta nokdaun holatiga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan 119-107, 117-109, 117-109 hisobida Lomachenko g‘alaba qozonganini e’tirof etishdi. Natijada Lomachenko yengil vaznda bir yo‘la ikkita kamar sohibiga aylandi.
Mazkur yutuq ukrainalik sportchi uchun professional boksdagi 12-g‘alaba (9 tasi nokaut) bo‘ldi. Bundan tashqari Lomachenko bitta jangda yutqazgan.
Ukrainalik bokschi ayni vaqtda vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli bokschilari reytingida birinchi o‘rinda bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi