OFK rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga asosan, Osiyo Kubogi-2019 ishtirokchi jamoalarining shiorlari tanlab olindi.
Oktyabr oyida boshlangan so‘rovnomada O‘zbekiston avtobusiga yozib qo‘yiladigan quyidagi uch shior ovozga qo‘yilgan edi:
1. «Kuch birlikda» — «Force in unity»
2. «Bir Osiyo. Bir jamoa. Bir orzu» — "One Asia. One team. One dream»
3. «Mana biz keldik – O‘zbekiston» — «Here we are – Uzbekistan»
Bugun ovoz berish jarayoni yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, «Mana biz keldik – O‘zbekiston» jumlasi g‘olib deb topildi va Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasining rasmiy shiori sifatida ishlatiladigan bo‘ldi.
Musobaqaning barcha qatnashchilari uchun tanlangan shiorlar quyidagicha.
«A» guruhi
BAA: «Endi navbat bizniki» (Our time is now)
Tailand: «Changsuek – Birgalikda bir tan-u bir jon bo‘lib» (Chansuek together as one)
Hindiston: «Moviy yo‘lbarslar – millat umidi» (Blue Tigers: The hope of a nation)
Bahrayn: «Hech qachon hech qachon dema» (Never say Never)
«B» guruhi
Avstraliya: «Qahramonlar yuksalajak» (Heroes will rise)
Suriya: «Bir jamoa. Bir millat. Bir Suriya. (One team. One nation. One Syria)
Falastin: «Biz sovrin olamiz. Biz – Falastin» (We will triumph. We are Palestine)
Iordaniya: «Iordaniyani faxr-u iftixorga to‘ldirib» (Make Jordan Proud)
«C» guruhi
Janubiy Koreya: «Biz – qizillarmiz!» (We are the Reds)
Xitoy: «Yagona orzu uchun kurashib» (Fighting for the same dream)
Filippin: «Imkonsiz ishni orzulab» (To dream the impossible)
Qirg‘iziston: «Oq lochinlar!» (The White Falcons)
«D» guruhi
Eron: «80 millionlik xalq, bir millat, bir yurak urishi» (Eighty Million People, One Nation, One Heartbeat)
Iroq: «Sherlar mudom muzaffar» (Lions always prevail)
Vetnam: «Oltin yulduz jangchilari» (Golden Star Warriors)
Yaman: «Hech qachon taslim bo‘lma» (Never give up)
«E» guruhi:
Saudiya Arabistoni: «Sahrodan qit’a taxtiravoniga»
Qatar: «Biz va sharaf millati qanday yaxshi» (We & the Nation of Pride are Fine)
Livan: «Sidrlar* kelayotir» (The Cedars are coming)
KXDR: «Chhollima* ruhi yor bo‘lsin» (In the spirit of Chollima)
Sidr – Livan ramzi hisoblanuvchi daraxt. Mamlakat bayrog‘ida ham uning tasviri tushirilgan.
Chhollima – koreys afsonalaridagi qanotli ot
«F» guruhi
Yaponiya: «Hammani hurmat qil, hech kimdan qo‘rqma» (Respect all, fear none)
O‘zbekiston: «Mana biz keldik – O‘zbekiston» (Here we are – Uzbekistan)
Ummon: «4 million qalb va bitta tilak» (4 million hearts, one dream)
Turkmaniston: «Yashil maydon, yashil jamoa, yashil Turkmaniston» (Green ground, Green team, Green Turkmenistan) “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!