23:40 / 11.12.2018
3 909

O‘zbekistonlik qiz Misrdagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik qiz Misrdagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muattar Nabiyeva 10 dekabr kuni Misr poytaxti Qohira shahrida tashkil etilgan xalqaro turnirda bosh sovrin sohibi bo‘ldi. Bu haqda og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Olimpiada yo‘llanmasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadigan mazkur turnirda -55 kg vaznda ishtirok etgan Muattar Nabiyeva dast ko‘tarishda 90 kg, siltab ko‘tarishda esa 115 kg toshni ko‘tardi. Jami 205 kg natija qayd etgan sportchi barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal sohibasiga aylandi.

11 dekabr kuni o‘tkaziladigan bahslarda Kumushxon Fayzullayeva (-64 kg), 12 dekabr kuni Tursunoy Jabborova (-76 kg) va Dolera Davronova (-87 kg) medallar uchun kurash olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik qiz Misrdagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi