08:24 / 12.12.2018
3 500

YeChL. Saloh "Liverpul"ni pley-offga olib chiqdi va boshqa o‘yinlar natijasi

YeChL. Saloh "Liverpul"ni pley-offga olib chiqdi va boshqa o‘yinlar natijasi
Chempionlar Ligasi 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkazildi.

B guruhida "Barselona" uyiga safar qilgan "Tottenhem" 1:1 hisobida durang qayd etdi.

7-daqiqada Dembele maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 85-daqiqada Moura hisobning durang bo‘lishini ta’minladi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida "Inter" o‘z maydonida "PSV" bilan durang qayd etdi va pley-offga chiqa olmadi – 1:1.

Guruhda 14 ochko to‘plagan "Barselona" 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 8 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar borasida "Inter"dan ustun kelgan "Tottenhem" 2-pog‘onani band qildi. "PSV" esa so‘nggi o‘rinni egalladi.

C guruhining markaziy o‘yinida "Liverpul" o‘z maydonida "Napoli"ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona gol 34-daqiqada Saloh tomonidan kiritildi.

Ikki jamoa ham 9 ochko to‘plagan bo‘lishiga qaramay, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar borasidagi ustunlik sabab "Liverpul" 2-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. 3-pog‘onani egallagan "Napoli" kurashni Yevropa Ligasida olib boradi. Guruhda "PSJ" 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, "Srvena Zvezda" eng oxirgi pog‘onani band qildi.

Liverpul – Napoli 1:0

Gol:
1:0 – 34 Saloh.
Liverpul – Alisson, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold (Lovren, 90), van Deyk, Veynaldum, Xenderson, Milner (Fabino, 85), Mane, Salax, Firmino (Keyta, 79).
Napoli – Ospina, Albiol, Mariu Ruy (Gulyam, 70), Maksimovich, Kulibali, Fabian Ruis (Zelinski, 62), Gamshik, Kalexon, Allan, Insine, Mertens (Milik, 67).
Ogohlantirishlar: van Deyk (13), Kulibali (40), Saloh (83), Robertson (90), Mane (90).

Barselona – Tottenhem 1:1

Gollar:
1:0 – 7 Dembele, 1:1 – 85 Lukas Moura.
Barselona – Sillessen, Langle, Miranda, Nelson Semedu, Vermalen, Artur, Alenya, Koutino, Rakitich (Buskets, 46), Dembele (Denis Suares, 76), Munir (Messi, 63).
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Uoker-Piters (Lamela, 61), Vertongen, Uinks (Lorente, 83), Sissoko, Alli, Eriksen, Keyn, Son Xыn Min (Lukas Moura, 71).
Ogohlantirishlar: Uoker-Piters (15), Nelson Semedu (68).

Inter – PSV 1:1
Gollar:
0:1 – 13 Losano, 1:1 – 73 Ikardi.

Srvena Zvezda – PSJ 1:4
Gollar:
0:1 – 9 Kavani, 0:2 – 40 Neymar, 1:2 – 56 Gobelich, 1:3 – 74 Markinos, 1:4 – 90 Mbappe.

Bryugge – Atletiko Madrid 0:0

Monako – Borussiya Dortmund 0:2
Gollar:
0:1 – 15 Gerreyru, 0:2 – 88 Gerreyru.

Shalke – Lokomotiv 1:0
Gol:
1:0 – 90 Shopf.

Galatasaroy – Portu 2:3
Gollar:
0:1 – 17 Felipe, 0:2 – 42, penalti Marega, 1:2 – 45, penalti Feguli, 1:3 – 57 Serjiu Oliveyra, 2:3 – 65 Derdiyok.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YeChL. Saloh "Liverpul"ni pley-offga olib chiqdi va boshqa o‘yinlar natijasi