17:34 / 12.12.2018
3 552

Ektor Kuper va futbol yulduzlari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi (foto)

Ektor Kuper va futbol yulduzlari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi (foto)
Kecha poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida "Junior" futbol maktabi tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamkorligida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper va futbol yulduzlari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.

Unda FIFA referisi Ravshan Ermatov, milliy terma jamoamiz sobiq sardori, Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov, terma jamoamiz a’zolari Marat Bikmayev va Anzur Ismoilovlar qatnashishdi.

Yosh futbolchilar milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi va futbol yulduzlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

So‘ngra bolajonlar uchun uchrashuvning yulduzli mehmonlari tomonidan dastxatlar ulashildi va ular bilan birga esdalik uchun suratga tushildi.

Bu kabi uchrashuvlar yosh futbolchilarda katta taassurot qoldirib, ularning kelgusida mashhur futbolchi bo‘lib, terma jamoamiz tarkibida to‘p surish orzusiga katta turtki bo‘lishi shubhasiz.














Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper va futbol yulduzlari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi (foto)