12:05 / 13.12.2018
4 130

"Paxtakor" Shota Arveladze bilan shartnoma borasida qanday qarorga keldi?

"Paxtakor" Shota Arveladze bilan shartnoma borasida qanday qarorga keldi?
Superliga yakunlanganiga ham bir necha kun bo‘ldi. Tabiiyki futbolchi va murabbiylarning ham jamoa bilan tuzgan shartnomalari tugagan yoki dekabrning oxirlarida yakunlanadi.

Ayni paytda ko‘pchilikni qiziqtirgan savol - “Paxtakor” Shota Arveladze bilan shartnomasini uzaytiradimi? Chunki klub rahbariyati o‘tgan yili yozda gruziyalik mutaxassis bilan 1,5 yillik shartnoma imzolangandi. Bu yil esa tomonlarning o‘zaro imzolagan bitimi tugaydi.

Ammo hozircha klub tomonidan shartnoma uzaytirildi yoki Arveladze bilan kelishuv yakunlandi degan xabarlar yangramayapti. Bundan hulosa qiladigan bo‘lsak, “Paxtakor” klubi rahbariyati Arveladze borasida o‘ylamoqda. Aks holda murabbiyning qoladi yoki ketadi degan gaplar ko‘payardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" Shota Arveladze bilan shartnoma borasida qanday qarorga keldi?