10:34 / 13.12.2018
2 767

"Real" ustozi yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

"Real" ustozi yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Santyago Solari YeChL 6-turida SSKAdan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:3) so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Jamoamiz ikkinchi bo‘limni yomon o‘tkazdi. Menga futbolchilarimning o‘yinning ikkinchi yarmidagi harakatlari umuman yoqmadi. Ammo biz bugun ko‘plab yosh futbolchilarning nimalarga qodir ekanligini bilib oldik va shu bois mag‘lubiyatdan fojia yasamoqchi emasman.

O‘z uyingda mag‘lub bo‘lish - doimo alamli bo‘lgan. Albatta, biz bunday natijani kutmagan edik. Muxlislarning xushtakvozligi? Ular shu orqali o‘z noroziliklarini izhor etishadi va bu normal holat. Biz ularni hurmat qilamiz va yaxshi ko‘ramiz.

Bunday tarkibni tanlab xato qildim va butun ayb mening zimmamda. Lekin men hali yosh futbolchilarga vaqt berib turish va jarohatlardan qutulayotganlarga yordam berish kerakligiga aminman", - dedi Solari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" ustozi yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?