13:13 / 13.12.2018
3 468

Ikrom Aliboyevning "Seul" klubiga o‘tgandan keyingi ilk fikrlari

Ikrom Aliboyevning "Seul" klubiga o‘tgandan keyingi ilk fikrlari
Hozirgina Ikrom Aliboyev Janubiy Koreyaning «Seul» klubi safiga ko‘chib o‘tgani borasida xabar berib o‘tgandik. Yarim himoyachi ushbu jamoaga o‘tgan keyin quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. Bu haqda Janubiy Koreya klubi rasmiy sayti xabar berdi.

- "Seul" klubi futbolchisiga aylanganimdan xursandman. Ushbu jamoa boy tarixga, ajoyib infratuzilmaga va chiroyli stadionga ega. Klubning rasmiylari meni a’lo darajada kutib olishgani uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. O‘z vaqtida "Seul"da Server Jeparov muvaffaqiyatli to‘p tepgan. Men ham o‘z o‘yinlarim bilan jamoa tarixidan o‘rin egallamoqchiman, - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Ikrom Aliboyev.

Eslatib o‘tamiz, Ikrom Aliboyev koreyaliklar bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ikrom Aliboyevning "Seul" klubiga o‘tgandan keyingi ilk fikrlari