19:47 / 14.12.2018
3 051

Turkiya yig‘iniga jalb qilingan MTJ futbolchilarining holati qanday?

Turkiya yig‘iniga jalb qilingan MTJ futbolchilarining holati qanday?
Xabaringiz bor, ertaga Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Turkiyaga yo‘l oladi.

Bugun terma jamoa futbolchilari mazkur yig‘in oldidan tibbiy tekshiruvdan o‘tishdi. Tibbiy tekshiruv qanday o‘tgani va uning yakunlari haqida milliy terma jamoa bosh shifokori Abror Pirriyev gapirib berdi.

"Turkiya yig‘ini Osiyo Kubogi oldidan so‘nggi yig‘in. Futbolchilar 29 dekabr kuni yig‘inni tugatib, keyin oradan uch kun o‘tgandan keyin Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l olishadi. Shu sababli katta musobaqa oldidan futbolchilarning jismoniy holati haqida xulosaga ega bo‘lish uchun tibbiy ko‘rik tashkil qildik.

Aytish kerakki, terma jamoa tarkibidagi barcha futbolchilarning holati yaxshi. Bu borada muammolar yo‘q. Bugungi tekshiruvlar natijasiga qarab har bir futbolchining imkoniyatlari haqida alohida xulosa qilamiz. Keyin mazkur xulosadan kelib chiqib, ushbu futbolchiga mashg‘ulotlar davomida qanday yuklamalar berish bo‘yicha murabbiylar shtabi qaror qabul qiladi.

Shuningdek, bugungi tibbiy tekshiruvlarning muhimligi yana shundaki, tekshiruvlar natijasiga qarab qaysi futbolchiga musobaqa oldidan qanday yondoshish bo‘yicha o‘zimiz uchun ma’loumotga ega bo‘ldik. Ana shu ma’lumotlar asosida yig‘in davomida futbolchilarni Osiyo Kubogiga tayyorlab boramiz. Ularga qanday vitaminlarni qaysi miqdorda berish, mashg‘ulotlardan keyin tiklanish jarayonini qanday o‘tkazish bo‘yicha ham o‘zimiz uchun aniq reja tuzib olamiz", - deb Abror Pirriyevning so‘zlarini keltirib o‘tdi O‘FA rasmiy sayti.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turkiya yig‘iniga jalb qilingan MTJ futbolchilarining holati qanday?