20:36 / 14.12.2018
3 597

Nurmagomedov yil yakunlariga ko‘ra top-5 sportchilar safidan joy oldi

Nurmagomedov yil yakunlariga ko‘ra top-5 sportchilar safidan joy oldi
Aralash qoidalar bo‘yicha yengil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov 2018 yilda dunyoning eng mashhur sportchilari ro‘yxatiga kiritildi.

Google kompaniyasi bergan hisobotga ko‘ra, yakunlanib borayotgan 2018 yilda eng ko‘p “qidiruv” berilgan sportchilar ro‘yxatida Xabib Nurmagomedov beshinchi o‘rinni band etgan. Konor Makgregor esa o‘ninchi pog‘onadan joy olgan.

Qizig‘i shundaki, Google tizimida eng ko‘p izlangan sportchi bu basketbol yulduzi Tristan Tompson bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda futbolchi Aleksis Sanches, tog‘ chang‘i sporti vakilasi Lindsi Vonn hamda snoubordchi Shon Uayt bormoqda.

Google Rossiya hududida Xabib Nurmagomedov birinchi o‘rinda ekanligini qayd etgan. Konor Makgregorga esa reytingning to‘qqizinchi pog‘onasidan joy tekkan. Joriy 2018 yilda Rossiyada yil voqeasi sifatida tanlanganlar ro‘yxatida Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang to‘rtinchi o‘rinda zikr etilgan. Rossiyadagi jahon chempionati shubhasiz birinchi o‘rinni egallagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedov yil yakunlariga ko‘ra top-5 sportchilar safidan joy oldi