03:58 / 15.12.2018
4 818

Shohjahon Ergashev argentinalik raqibini 18 soniyada nokautga uchratdi

Shohjahon Ergashev argentinalik raqibini 18 soniyada nokautga uchratdi
14 dekabr oqshomida oʻzbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida faoliyatidagi navbatdagi jangini oʻtkazdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Mazkur jangda Ergashevga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qildi. Bungacha Ergashev ugandalik Badru Lusambiya bilan jang oʻtkazishi belgilangandi. Ammo jangga bir kun qolganda Shohjahonning raqibi oʻzgargandi.

Jangning 1-raundi 3-soniyasida Shohjahon raqibini nokdaunga uchratdi. 18-soniyada esa Gaston Ruiz nokautga uchradi. Shu tariqa Ergashev gʻalaba qozondi.

Maʼlumot uchun, Shohjahon Ruiz bilan jangacha professional ringda 15 marotaba jang oʻtkazgan va ularning barchasida gʻalaba qozongandi. Bahslarning 14 tasida(bugungisi bilan 15 ta) u raqiblarini muddatidan oldin magʻlub etgan. Ruiz esa bungacha 49 marotaba ringga koʻtarilgan va ularning 32 tasiga gʻalaba qozongan (11 ta nokaut). 17 marotaba (bugungisi bilan 18 ta endi) imkoniyatni boy bergan (2 ta nokaut).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev argentinalik raqibini 18 soniyada nokautga uchratdi