14:14 / 15.12.2018
4 438

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko yana ringga qaytmoqda

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko yana ringga qaytmoqda
Boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko yana ringga qaytishga ahd qildi. Shu haqda promouter Eddi Xirn «Talksport» radiostansiyasi muxbiriga bergan intervyusida rasman ma’lum qildi. Xirnning aytishicha, Vladimir bu gal uning mijozi, angliyalik bokschi Entoni Joshuaga qarshi revansh jangini o‘tkazadi.

Joshuaga qarshi jang o‘tkazish istagini Deontey Uaylder, Tayson Fyuri, Aleksandr Usiklar ham bildirib o‘tishgan.

Ayni kunda Joshua «IBF» «WBA» va «WBO» versiyalari bo‘yicha mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. 2018 yil sentyabrida rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinni jangning yettinchi raundida nokaut bilan yenga olgan. Britaniyalik bokschi faoliyati davomida jami 22 marta g‘alabaga erishib, barchasida nokautni qayd etgan. Shu kunga qadar biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.

Vladimir Klichko esa 2017 yil avgustida Joshuaga qarshi ringga ko‘tarilib, bu jangda nokautga uchragan. Uning hisobida 64 ta g‘alaba (53 ta nokaut) mavjud. Besh marta mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko yana ringga qaytmoqda