06:00 / 16.12.2018
3 020

Saloh 2018 yilda "Afrikaning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi

Saloh 2018 yilda "Afrikaning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi
14 dekabr kuni Britaniyaning yetakchi axborot vositasi sanalgan BBC an’anaviy mukofoti – Afrikaning eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, misrlik futbolchi Muhammad Saloh 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Liverpul" hujumchisi bo‘lgan Saloh ushbu sovringa ketma-ket ikkinchi marta egalik qilmoqda. 2017 yilda ham aynan u eng yaxshi futbolchi deb topilgan.

Kuchli beshlikdan “Yuventus” himoyachisi Mehdi Benatiya (Marokash), “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali (Senegal), “Atletiko” yarim himoyachisi Tomas Parti (Gana), "Liverpul" yarim himoyachisi Sado Mane (Senegal) joy oldi.

Mazkur sovrin BBC tomonidan 1992 yildan Afrikaning eng yaxshi sportchisiga taqdim etib kelinar edi. 2001 yildan boshlab esa faqat eng yaxshi futbolchi uchun berilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saloh 2018 yilda "Afrikaning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi