05:30 / 16.12.2018
3 037

Krishtianu Ronaldu Ispaniyada soliqlardan qochganligi uchun 2 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilinadi

Krishtianu Ronaldu Ispaniyada soliqlardan qochganligi uchun 2 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilinadi
“Yuventus” hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyada soliqlardan boʻyin tovlashi boʻyicha ochilgan jinoyat ishi doirasidagi ayblovlarni tan oldi, deb yozadi Daryo nashri.

33 yoshli portugaliyalik futbolchi 2019 yil 14 yanvar kuni Madridda boʻladigan sudda oʻz aybini rasman tan oladi. Unga 2 yillik shartli qamoq jazosi tayinlanadi.

Ronalduga 14,7 million yevro miqdoridagi soliqlardan qochganligi borasida ayblov eʼlon qilingan boʻlib, futbolchi hozirgacha Ispaniya gʻaznasiga 13,4 million yevroni toʻlashga ulgurdi.

Ispaniya qonunlariga koʻra, Ronaldu tergov bilan kelishuvni tasdiqlash uchun sud oldiga chiqishi kerak. Ronaldu avvalroq jinoiy ish ochmaslik uchun 375 ming yevro toʻlashga tayyor edi, ammo uning taklifi rad etilgan. Krishtianu hibsga olinmaydi. Agar u yana bir bor Ispaniyaning soliqqa oid qonunlarini buzsa, haqiqiy qamoq jazosini oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu Ispaniyada soliqlardan qochganligi uchun 2 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilinadi