11:15 / 16.12.2018
3 579

Ronalduning goli Turin derbisida «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi

Ronalduning goli Turin derbisida «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi
Italiya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan «Torino» – «Yuventus» uchrashuvi yakuniga yetdi. «Olimpiko di Torino»da kechgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvdagi yagona gol 70-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritildi. Portugaliyalik futbolchi penaltini aniq bajarib, jamoasiga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi.

Shu tariqa, «Yuventus» ochkolarini 46taga yetkazib olgan holda turnir jadvalida yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Torino» (22) oltinchi pog‘onada qoldi.

A Seriya, 16-tur

Torino – Yuventus 0:1 (0:0, 0:1)
Gol:
0:1 – 70, penalti Ronaldu.

Torino – Sirigu (Ichaso, 20), Djidji, Itsso, Ansaldi (Paridjini, 75), Nkulu, Rinkon, Bazelli, Meyte, Ayna (Berenger, 85), Dzadza, Belotti.

Yuventus – Perin, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo, Kellini, Djan, Pyanich, Matyuidi, Ronaldu, Dibala, Mandjukich.

Ogohlantirishlar: Dzadza (27), Pyanich (48), Djan (51), Ronaldu (70), Ansaldi (72), Perin (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning goli Turin derbisida «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi