11:41 / 16.12.2018
3 093

«Real» g‘alabaga erishdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi

«Real» g‘alabaga erishdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi
Ispaniya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan «Real» – «Rayo Valekano» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvni mezbonlar qator hujumlar bilan boshlashdi, bu esa 13-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Lukas Vaskes jarima maydoni ichida turgan Karim Benzemaga qulay uzatmani amalga oshirdi, o‘z navbatida fransiyalik futbolchi to‘pni darvozaga aniq yo‘naltirib hisobni ochdi.

Tanaffusgacha maydon egalarida yana bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq ularni golga aylantirish qaymoqranglilarga nasib etmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham ustunlik «Real» futbolchilari tomonida bo‘ldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda mehmonlar bosimni oshirishdi va jarima maydoni ichida bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Biroq Tibo Kurtua ikkita vaziyatda jamoasini goldan qutqarib qoldi.

Shu tariqa, «Real» ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 29taga yetkazib olgan holda uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Rayo Valekano» esa (10) 19-pog‘onada bormoqda.

Ushbu uchrashuvda kiritilgan golni UFF.uz Media kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

La Liga, 16-tur

Real Madrid – Rayo Valekano 1:0 (1:0, 0:0)
Gol:
1:0 – 13 Benzema.

Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Valverde, 90), Lorente, Vaskes, Kroos, Asensio (Sebalos, 71), Benzema (Vinisius Junior, 78).

Rayo Valekano – Dimitriyevski, Advinkula, Velaskes, Galves (Ba, 54), Moreno, Medran (Bebe, 54), Komesanya, Garsiya, Imbula, Embarba (Alegriya, 73), Tito.

Ogohlantirishlar: Galves (39), Bebe (64), Imbula (83).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» g‘alabaga erishdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi