O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish, bu borada Yevropaning futboli rivojlangan mamlakatlari futbol akademiyalari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro boshqarma boshlig‘i Diyor Isametdinov va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov Italiyaning Milan shahrida "Inter" klubi akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.
Kecha O‘FA vakillari Milan shahrida "Inter" klubi direktori Stiven Chjen bilan uchrashishdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirish, bu borada o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha "Inter" klubi bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Stiven Chjen 26 yoshda bo‘lib, Xitoyning "Suning" kompaniyasi rahbari. "Inter" klubi tarixidagi eng yosh prezident hisoblanadi. U uchrashuv davomida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu boradagi ishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyor ekanini ham aytib o‘tdi.
Shuningdek, O‘FA vakillari Diyor Isametdinov va Olim Arifov "Inter" klubi vitse-prezidenti, klubning afsonaviy futbolchisi Xaver Zanetti bilan ham uchrashishdi.
Uchrashuv davomida argentinalik sobiq futbolchi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan barcha yo‘nalishlarda hamkorlik qilish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
O‘FA mutasaddilari "Inter" akademiyasiga ham tashrif buyurib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Manba: www.ufa.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»