14:43 / 16.12.2018
2 894

Sampaoli Braziliya klubini boshqaradi

Sampaoli Braziliya klubini boshqaradi
Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli o‘z faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettiradi.

«Santos» klubi 58 yoshli mutxassis bilan shartnoma imzolashga kelishib olganini ma’lum qildi. U 2019 yildan boshlab klub boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.

Sampaoli boshchiligidagi Argentina terma jamoasi JCh-2018 musobaqasida muvaffaqiyatsizlikka uchrab turnirni tark etgandi. Shundan so‘ng mutaxassis iste’foga chiqarilgandi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sampaoli Braziliya klubini boshqaradi