«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh haqidagi fikrlarini bayon etdi.
Saloh bir muddat «Chelsi»da, portugaliyalik mutaxassis qo‘li ostida to‘p surgan, ammo Mourino uni asosiy tarkibga kiritmagandi. Misrlik futbolchi London klubi safida 12 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urgandi. 2015 yilda u «Fiorentina»ga ijaraga berilgan, 2015/16 yilgi mavsumni «Roma»da o‘tkazgan, keyinroq rimliklar klubi uning transfer huquqini sotib olgandi.
«Menimcha, Saloh barcha tomonlama rivojlandi. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari qanchalik o‘zgarganini ko‘rishimiz mumkin. Saloh avval tezkor, shu bilan birga nimjon yigitcha edi. Hozir esa u ham tezkor, ham kuchli.
U o‘shanda Shveysariyadan («Bazel») Angliyaning katta klubiga [«Chelsi»] kelgan, lekin APLga ruhiy jihatdan moslasha olmagandi.
Endi u mutlaqo boshqa futbolchi, u «Bazel»dan «Chelsi»ga kelgan yosh iqtidor emas, yetuk futbolchi. O‘shanda Saloh istiqbolli futbolchi edi, hozir esa jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri.
Men o‘shanda uni o‘zimga katta yordam bera oladi deb o‘ylamagandim. Men uning istiqbolli futbolchi ekanini bilardim, endi u haqiqatanam katta futbolchiga aylandi», – deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan manchesterliklar klubi rasmiy sayti.
Bugun «Manchester Yunayted» APLning 17-turi doirasida «Liverpul» mehmoni bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»