00:07 / 17.12.2018
3 571

«Liverpul» «MYu» darvozasiga 3 ta gol urdi va birinchi o‘ringa qaytdi

«Liverpul» «MYu» darvozasiga 3 ta gol urdi va birinchi o‘ringa qaytdi
Angliya chempionati 17-turidagi markaziy uchrashuv Liverpuldagi «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda «Liverpul» «Manchester Yunayted»ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda hisobni 24-daqiqada Sadio Mane ochdi, ko‘p o‘tmasdan Jessi Lingard hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Yurgen Klopp maydonga Keyta o‘rniga Jerdan Shaqirini tashladi va shveysariyalik futbolchi qisqa vaqt ichida ikkita gol urib, jamoasi g‘alabasini ta’minladi.

Mersisaydliklar bu g‘alaba evaziga ochkolari sonini 45 taga yetkazdi va turnir jadvalida yana «Manchester Siti»ni (44 ochko) quvib o‘tib, peshqadamga aylandi. «Manchester Yunayted» esa 26 ochkosi bilan oltinchi o‘rinda qoldi.

Angliya chempionati
17-tur

Liverpul – Manchester Yunayted 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar:
1:0 – 24 Mane, 1:1 – 33 Lingard, 2:1 – 73 Shaqiri, 3:1 – 80 Shaqiri.

Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson, Klayn, van Deyk, Veynaldum, Fabino, Keyta (Shaqiri, 70), Mane (Henderson, 84), Saloh, Firmino.
Manchester Yunayted – De Xea, Darmian, Lindelef, Yang, Bayi, Errera (Marsyal, 79), Lingard (Mata, 85), Matich, Diogu Dalot (Fellayni, 46), Reshford, Lukaku.
Ogohlantirishlar: Diogu Dalot (26), Lukaku (40).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» «MYu» darvozasiga 3 ta gol urdi va birinchi o‘ringa qaytdi