00:30 / 17.12.2018
3 726

O‘zbekiston MTJ a’zolari Antaliya shahriga yetib borishdi

O‘zbekiston MTJ a’zolari Antaliya shahriga yetib borishdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishi haqida avval xabar berib o‘tilgandi.

Bugun erta tongda Toshkent - Istambul - Antaliya yo‘nalishida Turkiyaga parvoz qilgan delegatsiyamiz a’zolari hozirgina manzilga yetib borishdi. Terma jamoamiz a’zolari Antaliyadagi "Cornelia Diamond" mehmonxonasiga joylashishdi. Ertadan Turkiyadagi dastlabki mashg‘ulotlar boshlanadi.

Turkiyadagi o‘quv mashg‘ulot yig‘iniga quyidagi futbolchilar jalb qilingan:

Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
O‘tkir Yusupov ("Qo‘qon-1912")
Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
Javohir Ilyosov ("Metallurg")

Himoyachilar:
Yegor Krimets ("Paxtakor")
Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
Doston Tursunov ("Neftchi")
Islom To‘xtaxo‘jayev ("Lokomotiv")
Oleg Zoteyev ("Lokomotiv")
Farrux Sayfiyev ("Paxtakor")
Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
Davron Hoshimov ("Navbahor")

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy)
Otabek Shukurov ("Sharja", BAA)
Dilshod Rahmatullayev ("Paxtakor")
Fozil Musayev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Aziz Turg‘unbayev ("Navbahor")
Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
Jasur Yaxshiboyev ("Paxtakor")
Javohir Sidiqov ("Qo‘qon-1912")
Ikrom Aliboyev ("Lokomotiv")
Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)

Hujumchilar:
Marat Bikmayev ("Lokomotiv")
Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
Ivan Nagayev ("Qizilqum")

Futbolchilarimiz 29 dekabrga qadar Turkiyada yig‘in o‘tkazib, keyin poytaxtimizga qaytib kelishadi. 3 kundan keyin esa Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketishadi.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ a’zolari Antaliya shahriga yetib borishdi