Kanadalik bokschi Adonis Stivenson ukrainalik bokschi Aleksandr Gvozdikka qarshi jangda olingan jarohatlar sababli koma holatiga kiritilgandan keyin ilk bor ko‘zini ochdi.
Ma’lum qilinishicha, bu Stivenson yaxshilanayotganining birinchi yaqqol alomati bo‘ldi. U ko‘zini ochganida yonida rafiqasi bo‘lgan.
Bokschi 1 dekabrda Gvozdikka qarshi kechgan jangda og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilib, 6 dekabrda operatsiya qilingan. Gvozdik Stivensonni 11-raundda nokautga uchratgach, kanadalik miyaga qon quyilishi gumoni bilan shifoxonaga olib ketilgandi.
WBC yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni, 41 yoshli Stivenson uchun Gvozdikdan olingan mag‘lubiyat faoliyatidagi ikkinchisi bo‘ldi. Kanadalik bokschining hisobida, shuningdek, 29 ta g‘alaba va bitta durang natija bor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi