19:20 / 17.12.2018
3 445

Yevropa ligasi 1/16 final bosqichiga qur’a tashlandi

Yevropa ligasi 1/16 final bosqichiga qur’a tashlandi
Hozirgina Shveysariyaning Non shahridagi UYeFA shtab-kvartirasida Yevropa ligasining 2018/19 yilgi mavsum 1/16 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Quyida ushbu bosqichda raqib bo‘ladigan juftliklar bilan tanishib olishingiz mumkin:

"Viktoriya" - "Dinamo" Zagreb
"Bryugge" - "Zalsburg"
"Rapid" - "Inter"
"Slaviya" - "Genk"
"Krasnodar" - "Bayer"
"Syurix" - "Napoli"
"Malmyo" - "Chelsi"
"Shaxtyor" - "Ayntraxt"
"Seltik" - "Valensiya"
"Renn" - "Betis"
"Olimpiakos" - "Dinamo" Kiyev
"Latsio" - "Sevilya"
"Fenerbaxche" - "Zenit"
"Sporting" - "Vilyarreal"
BATE - "Arsenal"
"Galatasaroy" - "Benfika"

Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqichning dastlabki uchrashuvlari 14 fevral kunlari, javob bahslari esa 21 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Yevropa ligasining final bahsi esa 29 may kuni Boku shahridagi “Olimpiya” stadionida o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa ligasi 1/16 final bosqichiga qur’a tashlandi