21:00 / 17.12.2018
4 277

Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi
Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasida 10-17 dekabr kunlari 8 vazn toifasida g‘oliblar nomi aniqlandi.

2019 yilgi mavsum uchun O‘zbekiston terma jamoasi tarkibini aniqlab beruvchi musobaqada shu kunga qadar -49 kg vazn toifasida ishtirok etib kelayotgan Hasanboy Do‘smatov -52 kg vaznda qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, -57 va -63 kg vazn toifalarida Abdulhay Shorahmatov va Aliyor Noraliyevlar final bahsida jangsiz g‘alaba qozonishdi.

Musobaqa finalchilarining to‘liq natijasi quyidagicha:

-52 kg
Hasanboy Do‘smatov
– Xudoynazar Fayzov 5-0

-57 kg
Abdulhay Shorahmatov
– Otabek Xolmatov (jang o‘tkazilmagan)

-63 kg
Aliyor Noraliyev
– Shunqor Abdurasulov (jang o‘tkazilmagan)

-69 kg
Iqboljon Xoldorov – Bobo Usmon Baturov 2-3

-75 kg
Fanat Qahramonov – Odiljon Aslonov 4-1

-81 kg
Dilshodbek Ro‘zmetov – Xurshid Abdullayev 1-4

-91 kg
Rustam To‘laganov – Madiyor Saidrahimov 1-4

+91 kg
Ulug‘bek Mubinov
– Obidjon Tohirov 5-0

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi