Terma jamoamizning yana bir a’zosi Yaponiya klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 17 dekabr 2018, 22:15
  • 1 653
  • Sport
  • Terma jamoamizning yana bir a’zosi Yaponiya klubi bilan shartnoma imzoladi
    O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Doston Tursunov Yaponiyaning “Renofa Yamaguchi“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

    Futbolchi bungacha “Neftchi”, “Qo‘qon-1912” va “Metallurg” kabi klublar sharafini himoya qilgan. 2018 yilgi mavsumni u farg‘onaliklar tarkibida o‘tkazdi. Tursunov O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi oldidan Turkiyada o‘tkazilayotgan so‘nggi yig‘iniga jalb etilgan.

    O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo‘lgan himoyachi Doston Tursunov Yaponiya jamoasi bilan ikki yillik bitimga imzo chekkan. Shartnoma 2020 yil oxiriga qadar amal qiladi. “Renofa Yamaguchi” Yaponiya ikkinchi divizioni vakili hisoblanadi. Klub yakunlangan mavsumda 22 jamoa orasidan 8-o‘rinni egalladi.

    Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, Doston Tursunov Yaponiya chempionatida to‘p suradigan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi. Hozir terma jamoamizning yana bir a’zosi Fozil Musayev 2017 yildan beri ushbu mamlakatning “Jubila Ivata“ klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. “Jubila Ivata“ Yaponiya chempionatining J ligasi (bizdagi Super Liga — tahr.) vakili hisoblanadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Terma jamoamizning yana bir a’zosi Yaponiya klubi bilan shartnoma imzoladi