00:14 / 18.12.2018
3 136

Niko Kovach: "Liverpul" favorit, lekin biz "Bavariya"miz!

Niko Kovach: "Liverpul" favorit, lekin biz "Bavariya"miz!
Xabaringiz bor bugun UYeFA Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga qur’a tashlandi. “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Niko Kovach ushbu bosqichda “Liverpul”ga to‘qnash kelganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Barchamiz bunday ajoyib qur’adan xursand bo‘lishimiz mumkin. Bizga raqib bo‘lishi mumkin bo‘lganlar orasidagi eng kuchlisi to‘g‘ri keldi. “Liverpul” o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi finalida o‘ynadi va hozirda APLda yetakchilik qilmoqda. Ular Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun asosiy da’vogar hisoblanishadi. Lekin, biz “Bavariya”miz! O‘z navbatida Liverpul ham javob uchrashuvining Myunxenda o‘tkazilishini bilib turibdi. Shu bois imkoniyatlar 50/50 ”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Bavariya" juftligining ilk to‘qnashuvi 19 fevral kuni "Enfild"da bo‘ladi, javob bahsiga esa 13 mart kuni "Alyans Arena" mezbonlik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Niko Kovach: "Liverpul" favorit, lekin biz "Bavariya"miz!