Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi, hamyurtimiz Server Jeparov faoliyatini qayerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi.
SPORTS.uz’ga ma’lum bo‘lishicha 36 yoshli futbolchi Eronning “Istiqlol” klubi bilan kelishuvga erishgan. Ta’kidlash kerakki, Jeparov uchun bu jamoa begona emas. Boisi, u 2017-2018 yillarda “Istiqlol” sharafini himoya qilgan va 27 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 4 ta gol urishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Jeparovning so‘nggi jamoasi Qozog‘istonning “Jetisu” klubi bo‘lgan edi. Bundan avvalroq uni Bekobodning "Metallurg" klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Jeparov O‘zbekiston terma jamoasi safida 126 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi