17:33 / 18.12.2018
4 148

O‘zbekiston MTJ yarim finalga chiqsa, 1 million dollar mukofot oladi

O‘zbekiston MTJ yarim finalga chiqsa, 1 million dollar mukofot oladi
Birlashgan Arab Amirliklarida 2019 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi ishtirokchilariga beriladigan mukofot pullari miqdori ma’lum qilindi.

Avvalo, final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan har bir terma jamoa mukofotlanadi. Xususan, BAAga boradigan 24 mamlakat termasiga 200 ming AQSh dollaridan taqdim etiladi. Yarim finalga chiqqan to‘rtta terma jamoaga esa 1 million dollar miqdorida pul beriladi.

Sovrindorlarga ham kattagina mukofot tayinlangan: 2-o‘ringa 3 million dollar, musobaqa g‘olibiga 5 million dollar topshiriladi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 14,8 million AQSh dollarini tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ yarim finalga chiqsa, 1 million dollar mukofot oladi