11:30 / 19.12.2018
2 658

Mourinoning ketishi «PSJ»ga qanday ta’sir qiladi?

Mourinoning ketishi «PSJ»ga qanday ta’sir qiladi?
Chempionlar Ligasi nimchorak finaliga ikki oy qolganida «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino iste’foga chiqarildi. Demak bahorgi davrgacha yangi bosh murabbiy klubda qayta qurish ishlarini olib boriladi. «PSJ» uchun esa bu o‘zgarishlar jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bunday bo‘lishi ertami-kechmi sodir bo‘lishi aniq edi. Biroq Mourinoning iste’fosi tezda sodir bo‘lishi kutilmagan edi. Mourino Chempionlar Ligasi qur’asining ertasiga, «Liverpul»ga qarshi derbidagi mag‘lubiyatdan ikki kun o‘tib «qizil iblislar» boshqaruvidan ozod etildi. Yevropa Chempionlar Ligasining ikki karra g‘olibi («Portu» va «Inter») fevralda Neymar jamoasiga qarshi o‘z shogirdlarini olib chiqa olmaydi. Bu esa bir necha savollarni o‘rtaga chiqaradi?

«Istalmagan shaxslar» qaytishi mumkinmi?

Pol Pogba, Aleksis Sanches, hattoki Antoni Marsyal Joze Mourino qo‘li ostida vaqti-vaqti bilan yoki muntazam ravishda «istalmagan shaxs» bo‘lib keldi. Ayniqsa bu ro‘yxatning birinchi qatoridagi Pogba murabbiy tomonidan ommaviy chiqishlarda tanqid qilib kelindi, uning klubdan ketishi haqidagi transfer mish-mishlari paydo bo‘ldi. Ammo uning sport formasi tushishi eng yoqimsizi bo‘ldi. «PSJ» albatta 12-fevral kuni jahon chempionini o‘ynashini istamaydi. Axir parijliklar uning nimalarga qodirligini juda yaxshi bilishadi. Aynan Pogba o‘tgan iyunda terma jamoasini bosh sovrin sari yetaklab borgandi. «O‘zgacha»ning ketishi esa Pogbaning yana jamoada muhim figuraga aylanishini ta’minlashi mumkin. «Pari Sen-Jermen» esa bunga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi kerak.

Kuchli jamoaga aylanishi mumkinmi?

Yakka shaxslar bilan birga, bosh murabbiyning taktikasi va jamoasiga bo‘lgan munosabati ham futbolda ko‘p narsani anglatadi. Mourino «Manchester Yunayted»ning barcha ko‘ngilsizliklarida to‘liq aybdor bo‘lmasada, uning “qizil iblislari” katta uchrashuvlarda o‘zlarining o‘yinlarini deyarli ko‘rsata olmadi va maydonda birdamlikni umuman namoyish qilmadi. «PSJ» esa bunday «MYu»ni ikki oy o‘tib ko‘rmasligi hozirdanoq kafolatlangan. Yangi keladigan bosh murabbiyning qiladigan o‘zgarishlari yuqorida tilga olingan faktorlarni qayta ishlab chiqish bo‘ladi. Albatta klub asosiy e’tiborini Premer Ligaga qaratadi. Ular «kuchli to‘rtlik»dan hozircha 11 ochkoga ortda qolmoqda va turnir pog‘onasida 6-o‘rinni band qilishgan. Ammo ikki frontda kurash olib borish ularning qo‘llaridan keladi.

Oldin o‘qish qiyin bo‘lgan o‘yin uslubi?

Asosiy figuralar qaytishi, birdamlik kuchayishidan tashqari parijliklar YeChLdagi raqibining o‘yin sxemasi o‘zgarishi muammosi bilan ham to‘qnash kelishlari mumkin. Fransuz klubi Manchester jamoasiga qarshi qanday harakatlanishni bilmasligi mumkin. Boisi YeChL nimchorak finaliga qadar «mankunianlar» atigi 10 uchrashuv o‘tkazadi. Shundan atigi bittasi jiddiy raqib – «Tottenxem»ga qarshi uchrashuv bo‘ladi. Bu o‘yinlarda «Manchester Yunayted»ning taktik ishlanmalarini o‘rganib chiqish mumkinmi? Biroq «MYu»da Zidanning Benitesdan keyin, Roberto Di Matteoning Mourinodan keyin amalga oshirgan avto-boshqaruv shaklida sodir bo‘lganidek holat yuz bermaydi. O‘shanda nomi tilga olingan murabbiylar shunchaki jamoaga boshqaruvni topshirib qo‘yib yakunda mavsumni yirik sovrinlar bilan tugatishga erishgandi.

Qishki transfer bozoridagi kuchayish?

Joze Mourinoning jamoa bosh murabbiyligidan ketishiga qaramay, tarkibning sifati klubning eng ojiz nuqtasi bo‘lib qolaveradi. Bunday tarkib bilan ular nimchorak finalda «PSJ»ga, Premer Ligada «Manchester Siti»ga qarshi umuman raqiblik qila olmaydi.

U faoliyati davomida bir necha transferlarni kuchli futbolchiga aylantira olgan bo‘lsada, jamoada o‘z chizig‘ida dunyoning eng yaxshilari yo‘q. Mats Xummels, Jerom Boateng yoki Kalidu Kulibalilarning o‘rniga Erik Bayi va Viktor Lindelyoflar harakat qilmoqda. «PSJ» «qizil iblislar»ning qishki transfer bozoridagi xaridlarini jiddiy kuzatib borishi aniq. UYeFA bundan buyog‘iga klublarga YeChL da boshqa klub bilan o‘ynagan ikki futbolchini xarid qilishlariga imkon beradi. Demak, «qizil iblislar» ikki eng kuchli xaridlarni amalga oshirishlari mumkin. Bu esa Parij klubi uchun yomon xabar. Nima bo‘lgan taqdirda ham, nimchorak finalda biz butunlay boshqacha «MYu»ni ko‘rishimiz aniq. Bu esa musobaqa jozibadorligini yanada oshirishi turgan gap.
Erkinjon G‘aybullayev

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinoning ketishi «PSJ»ga qanday ta’sir qiladi?