12:43 / 19.12.2018
3 570

Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning super yengil (63,5 kg.) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi.

Bokschining ma’lum qilishicha, u 2019 yil 18 yanvar kuni Dominikan Respublikasi vakili Rikardo Garsiyaga qarshi jang o‘tkazadi. 8 raundga mo‘ljallangan mazkur jang AQShning Viskonsin shtati, Verona shahrida joylashgan "Turning Stone Resort & Casino" sport saroyida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Rikardo Garsiya shu kunga qadar professional boksda 19 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 14 tasida g‘alaba (9 nokaut) qozongan, 1 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan.

Fazliddin G‘oibnazarov esa professional boksda 6 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida (3 tasini nokaut bilan) g‘alaba qozongan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi