Rossiya futbol ittifoqi (RFI) prezidenti Vitaliya Mutko 19 dekabr kuni egallab turgan lavozimini tark etdi.
Mutko o‘rniga RFI prezidentligi vazifasini vaqtinchalik boshqarish Rossiya premer-ligasi (RPL) direktori Sergey Pryadkinga topshirildi.
RFI Ijroqo‘mi a’zosi Igor Lebedevning ma’lum qilishicha, Mutko o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan. Endilikda 2019 yilning 22 fevral kuni RFIning navbatdan tashqari hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. O‘sha marosimda Ittifoqning yangi rahbari tayinlanadi. 12 fevralga qadar nomzodlar o‘zining saylovoldi kampaniyalarini qilishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Mutko 2017 yilning dekabr oyidan boshlab mazkur lavozimdagi ishini vaqtinchalik to‘xtatib turgandi. Bir yil o‘tib esa u butunlay tashkilot rahbarligidan ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi