21:24 / 19.12.2018
3 028

Rasman! Azizbek Haydarov - "Lokomotiv" futbolchisi

Rasman! Azizbek Haydarov - "Lokomotiv" futbolchisi
O‘zbekistonning uch karra chempioni, tajribali futbolchi Azizbek Haydarov "Lokomotiv" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

1985 yilning 8 iyul kuni Toshkentda tavallud topgan yarim himoyachi 2004-2007 yillar davomida "Lokomotiv" tarkibida harakat qilib, keyinchalik "Bunyodkor"ga o‘tgandi.

Shundan keyin 7 yil davomida BAAda faoliyat olib borgan Azizbek O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi ishonchli o‘yinlari bilan barchaning ishonchini qozondi. Haydarov O‘zbekiston milliy termasi tarkibida 71 o‘yinda qatnashdi va jamoaning tayanchi bo‘la oldi. 2018 yilgi mavsumning yarmida "Bunyodkor"ga borib qo‘shilgan Azizbek jamoaning yetakchisiga aylandi va 12 o‘yinda 3 gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Azizbek Haydarov o‘ynagan jamoalar
2004–2007 "Lokomotiv" 19 (2)
2007–2011 "Bunyodkor" 143 (8)
2011–2017 "Al Shabab" (BAA) 123 (13)
2017–2018 "Ajman" 19 (0)
2018– "Bunyodkor" 12 (3)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! Azizbek Haydarov - "Lokomotiv" futbolchisi