06:58 / 20.12.2018
3 625

«Lokomotiv» klubi «AGMK» ning legioner to‘purarini o‘z safiga qo‘shib oldi

«Lokomotiv» klubi «AGMK» ning legioner to‘purarini o‘z safiga qo‘shib oldi
"Lokomotiv" futbol klubi AGMK yarim himoyachisi Yovan Jokichni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘tgan mavsumda AGMK tarkibida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, jamoaning O‘zbekiston kubogi finalida g‘olib bo‘lishida asosiy o‘rin tutgan, ko‘plab gollar urib, sermahsullikni namoyish qilgan, yil ramziy termasidan o‘rin olgan Jokich "Lokomotiv" murabbiylar shtabi e’tiboriga tushdi. Yovan Jokich 2019 yilgi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi, O‘zbekiston chempionati va O‘zbekiston Kubogida "temiryo‘lchilar" sharafini himoya qiladi.

1992 yilning 13 avgust kunida Serbiyada tavallud topgan yarim himoyachi "Yavor" futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu klub tarkibidagi 6 yillik faoliyatidan keyin Qozog‘istonning "Atirau" jamoasida faoliyat olib bordi. Keyinchalik AGMKda to‘p surdi. Ishonchli o‘yini va chiroyli gollari "Lokomotiv" o‘tishiga turtki bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» klubi «AGMK» ning legioner to‘purarini o‘z safiga qo‘shib oldi