01:47 / 20.12.2018
2 943

Ivan Nagayev Osiyo kubogini o‘tkazib yuboradimi?

Ivan Nagayev Osiyo kubogini o‘tkazib yuboradimi?
Kecha xabar berib o‘tganimizdek, Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida jarohat olgan Ivan Nagayev bugun instrumental tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu tekshiruvlar natijasida birlamchi tashxis o‘z tasdig‘ini topdi. Ya’ni, hujumchiga chap son old mushagining cho‘zilishi (mushak ichki tolalarining kichik yirtilishi bilan) tashxisi qo‘yildi. Bu haqda Sports.uz nashri xabar bermoqda.

Bundan ma’lum bo‘lyaptiki, Nagayev uchun yil oxirigacha davom etadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘z yakunini topdi.

Shunga qaramasdan murabbiylar futbolchini yig‘in guruhida olib qolishga qaror qilishgan. Zarur bo‘lgan davolash muolajalari aynan shu yerning o‘zida tibbiy shtab nazorati ostida amalga oshirilajakligi ma’qul ko‘rildi.

Bu avvalambor ruhan quvvatlov, chunki yil oxirigacha Ivan Nagayev safga qaytadigan bo‘lsa, BAAdagi Osiyo kubogida muhim figuralardan biriga aylanishi mumkin. Ikkinchidan esa, Nagayev qit’a chempionatidan qolib ketgan taqdirda ham xotirjam davolanib olishi uchun yaxshigina zamin yaratilgan bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ivan Nagayev Osiyo kubogini o‘tkazib yuboradimi?