11:05 / 20.12.2018
3 034

Velosportchimiz Shveysariyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Velosportchimiz Shveysariyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi
Velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Shveysariyada professional velosportchilar o‘rtasidagi xalqaro «Track Cycling Challenge» musobaqasida ishtirok etishayotgandi. Quvonarlisi turnirda yurtimiz sharafini himoya qilgan Olga Zabelinskaya guruh poygalarida barcha raqiblaridan yaxshi natija ko‘rsatdi (48 ochko) va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Lidiya Boylan (46 ochko, Irlandiya) va Yelena Chekkini (44 ochko, Italiya) ga nasib qildi.

Eslatib o‘tamiz, Zabelinskaya kuzda Fransiyada o‘tkazilgan «Chrono des Nations» xalqaro musobaqasida ishtirok etib, O‘zbekiston terma jamoasiga dastlabki oltin medalini taqdim etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Velosportchimiz Shveysariyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi